TerDU katta majlislar zalida imkoniyati cheklangan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. 

Bugun TerDU majlislar zalida rektorimiz hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i ishtirokida imkoniyati cheklangan talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv avvalida A.Toshqulov imkoniyati cheklanganlik – kamchilik emas. Kamchilik — befarqlik va e’tiborsizlikdir,” — dedi 

Ma’lumot o‘rnida bugungi kunda universitetimizda 300 nafar imkoniyati cheklangan talaba ta’lim olmoqda. Ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida rektor buyrug'iga asosan yil ham bazaviy stipendiyaning 4 barobari miqdorida moddiy yordam berilmoqda. 

Muloqot davomida talabalarning yutuqlari ham alohida e’tirof etildi. Jumladan: Xorijiy filologiya fakultetining 3-kurs talabasi Sirojov Istam bu yilgi universitet stipendiyasi sohibi bo‘ldi; Parasportchi talabalarimiz xalqaro musobaqalarda 2 ta bronza, respublika musobaqalarida esa 9 ta medal (3 oltin, 2 kumush, 5 bronza)ni qo‘lga kiritishdi. 

Uchrashuv davomida, mas’ullar tomonidan inson qadri tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar xususida ma’lumotlar berildi. 

Tadbir fayzli dasturxon atrofida samimiy suhbatlar bilan davom etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 37

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 42

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil