"Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi"

"Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida viloyat prokuraturasida ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

Unda Termiz Davlat Universiteti yuridik fakulteti murabbiy va talabalari ishtirok etdi.

Dastlab, viloyat prokuraturasi rahbariyati bilan talaba yoshlar oʻrtasida davra suhbati oʻtkazildi.

Soʻngra, tadbir ishtirokchilariga viloyat prokuraturasida tashkil etilgan “Maʼnaviyat burchagi” hamda “Surxondaryo viloyati prokuraturasi tarixi muzeyi” faoliyati tanishtirilib, viloyat prokuraturasining tarixiy rivojlanish bosqichlari, prokuratura faxriylari hamda qatagʻon qurboni boʻlgan xodimlar Ali Hamrabayev, Ali Yakushkin, Ashraf Baxodirov va Hakim Tuyaqovlar xotirasiga oid maʼlumotlar soʻzlab berildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida qabulxona faoliyati, prokuratura xodimlarining saf koʻrigi amaliyoti, sport mashgʻulotlari oʻtkazish maydonchalari hamda "Yashil makon" loyihasi doirasida amalga oshirilgan koʻkalamzorlashtirish tadbirlari tanishtirib oʻtildi.

Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 37

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 42

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil