“Islohotlar bilimdoni”

Islohotlar bilimdoni”  respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!  

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda  saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar.

☝️Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi asosiy mezon bo‘ldi.

Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi. 

✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 37

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 42

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil