Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining professor-o‘qituvchisi Musamedov Sunnatulla Termiz davlat universitetining Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto) yo‘nalishi talabalari uchun “Raqamli fotografiya” fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.
Mashg‘ulot TerDU Media studiyasida tashkil etilib, talabalar nazariy bilimlarini real sharoitda sinab ko‘rish, professional yoritish, kadr qurish, rakurs tanlash hamda zamonaviy foto uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalarini boyitishdi.
TerDU talabalari uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar sifatli ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.