Termizda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamning 75-yillik yubileyi nishonlandi

Bugundan Surxon vohasida yana bir muhim adabiyot bayram boshlandi — O‘zbekiston xalq yozuvchisi, elimiz qalbidan joy olgan adib, taniqli dramaturg va ssenarist, jamoat arbobi, Surxondaryoning ulug‘ farzandi Erkin A’zam 75 yoshni qarshi oldi.

Termiz shahrida adibning yubileyiga bag‘ishlangan tantanali madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos va betakror namoyandalaridan biri — Erkin A’zamni 75-yillik yubileyi bilan voha ahli nomidan samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda yozuvchi va jamoat arbobi Murod Muhammad Do‘st, rejissyor Jahongir Qosimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qulman Ochil, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi tadqiqotchisi Ikrom Choriyev, shoir va nosir Eshqobil Shukur, adabiyotshunos Olimjon Davlatov, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, shoir va yozuvchi G‘ayrat Majid, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Olim Toshboyev hamda adabiyot va san’at sohasining ko‘plab vakillari, atoqli adibning yaqinlari va kitobxonlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Erkin A’zamning asarlaridan parchalar o‘qib eshittirildi, uning ijodi asosida yaratilgan filmlar namoyish etildi.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Erkin A’zam hozirda "Tafakkur" jurnali bosh muharriri sifatida faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, yaqinda Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning 75-yillik tavalludi ham keng nishonlangan edi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 37

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 42

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil