TerDU delegatsiyasi Qozog‘istonda xalqaro ilmiy maydonda ishtirok etmoqda.

Ayni kunlarda Termiz davlat universiteti  professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib, xalqaro hamkorlikning navbatdagi yirik loyihasida faol ishtirok etmoqda.

Ular  Akademik A. Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti ва Termiz davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan  “Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida elektron o‘quv vositalaridan foydalanish orqali filolog mutaxassislarni tayyorlash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashmoqda.

 Konferensiya doirasida professor-o‘qituvchilar:
— zamonaviy filologiya ta’limida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi,
— elektron o‘quv dasturlarining yangi avlodi,
— filolog mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion yondashuvlar
kabi dolzarb yo‘nalishlarda ma’ruzalar taqdim etmoqda.

Bundan tashqari, delegatsiya Qozog‘istonning nufuzli ta’lim markazlaridan biri — Markaziy Osiyo innovatsiyalar universitetida stajirovka o‘tash jarayonida bo‘lib, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish ustida ish olib bormoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 37

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 42

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil