Termiz davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi o`qituvchisi Eshmo‘minov Ozodbek Ziyodullo o‘g‘li Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” ixtisosligidan “Surxon vohasiga koʻchirilgan fargʻonaliklar turmush tarzida anʼanaviylik va transformatsion jarayonlar simbiozi” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Ozodbek Ziyodullo o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!