TerDU professor-o‘qituvchilari Qirg‘izistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida

Ayni kunlarda Termiz davlat universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari QS reytingida 316-o‘rinni egallagan O‘sh davlat universiteti Filologiya fakultetida ma’ruza mashg‘ulotlari hamda seminar-treninglar o‘tkazmoqda.

Tashrif davomida:

Professor-o‘qituvchilarimiz mazkur nufuzli universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun maxsus ma’ruzalar tashkil etdilar.

Kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga doir vazifalar belgilab olindi.

Oliy ta’lim jarayonini tashkil etish borasidagi ilg‘or tajribalar, dars jarayonlari va ilmiy muhit bilan yaqindan tanishildi.

O‘sh davlat universiteti va Termiz davlat universiteti o‘rtasida filologiya yo‘nalishlarida talabalarning o‘zaro almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvlarga erishildi.

Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, ilmiy salohiyat va o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 46

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 37

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 42

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil