Termiz davlat universitetida “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlar bellashuvi tashkil etildi. Bellashuvda fakultetlar jamoalari ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar.
Aqliy bellashuv yakunlariga ko‘ra:
🥇1-o‘rin — “Yuridik” fakulteti jamoasi
🥈2-o‘rin — “Tarix” fakulteti jamoasi
🥉3-o‘rin — “Yoshlar ittifoqi” jamoasi
G‘olib jamoalar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tadbir yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish, halollik tamoyillarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.