Termiz davlat universitetida yoshlar hayotini yanada boyitishga xizmat qiladigan tashabbuslar tobora kengaymoqda. Fakultetlar kesimida o‘tkazilayotgan “Osh chempionati” esa talaba-qizlarimiz orasida katta qiziqish uyg‘otib, ularning nafaqat oshpazlik mahoratini, balki hayotiy ko‘nikmalarini ham mustahkamlamoqda.
Bu jarayon orqali talaba-qizlarimiz nafaqat mazali taom tayyorlashni, balki birgalikda ishlash madaniyatini, mehr-oqibat va mas’uliyatni his qilishni ham o‘rganmoqdalar.