Boysun tumanida turizm, maktab va turar joylar qurilishi o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetining "Darband" o‘quv-amaliyot bazasi hamda Xo‘jamayxona darasida zamonaviy turizm markazini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Hudud uchun ishlab chiqilgan master-rejaga muvofiq, zip-layn, kapsulali uylar, "hiking", "hard trekking", 5 kilometrli velo va piyoda yo‘laklari, shuningdek, boshqa zamonaviy turizm infratuzilmasi loyihalari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga qurilish ishlarini hududning tabiiy muhiti va landshaftiga zarar yetkazmagan holda, ekstremal turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shundan so‘ng, nuroniylar va faollar ishtirokida tumanning Gaza mahallasida dastur doirasida yangidan barpo etilgan maktabdagi jihozlash va hududni o‘rash ishlari ko‘zdan kechirilib, hududiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Nuroniylar chekka qishloqlarda ham bunday zamonaviy sharoitlar yaratilayotgani uchun Prezidentimizdan minnatdor ekinliklarini ta’kidlab, yurt tinchligi va xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochdilar. 

Shuningdek, tumanda barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massividagi turar joylar, ijtimoiy va tadbirkorlik obyektlari qurilishi bilan tanishilib, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 43

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil