TERDU ILMIY OLAMINING NOAN’ANAVIY QAHRAMONI!

Ilmiy daraja olishning an’anaviy yo‘li — dissertatsiya yozish, himoya qilish, savol-javoblar…

Ammo ba’zi olimlar bor — ularning ishlari shunchalik kuchli, shunchalik innovatsionki, natijalarning o‘zi himoyaga ehtiyoj qoldirmaydi.

Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna ana shunday izlanuvchi olimalardan biri.

“Oltingugurt va rux elementlari asosidagi organo-noorganik gibrid antipiren-antiseptiklarni olish va ularni ishlab chiqish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi fundamental ishlari, innovatsion texnologiyalari va ixtiro patentlari asosida — dissertatsiya himoyasisiz texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdimnoma himoyasini o‘tkazdi.

TerDU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash majlisi ishtirokchilari ushbu jarayonni bevosita kuzatdilar.

Bu — oddiy himoya emas,
bu — ilmiy natijaning o‘zi himoyaning o‘rnini bosa oladigan darajada kuchli ekanining isboti.

Mazkur jarayon universitetimiz ilmiy salohiyati, innovatsion yo‘nalishlari va ilmiy maktabining tobora mustahkamlanayotganining yorqin ko‘rinishidir..

Ilm-fanimizga yangicha fikr va yangicha yondashuv olib kirayotgan Aziza Xolboyevaga ulkan zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 43

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil