Termiz davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli, foydali va qiziqarli o‘tkazishga qaratilgan tashabbuslar izchil ravishda kengaymoqda. Shulardan biri — fakultetlar kesimida o‘tkazilayotgan “Osh chempionati” ayniqsa talaba-qizlarimizning kelajakda mustahkam oila qurishiga tayyorgarlik ko‘rishida muhim o‘rin tutmoqda.
Mazkur chempionatda qizlarimiz nafaqat palov pishirish bo‘yicha mahoratini namoyish etmoqda, balki jamoaviy ishlash, mas’uliyat, oila qadriyatlariga hurmat kabi fazilatlarni ham o‘zida mustahkamlamoqda.
Tadbir doirasidagi sport musobaqalari esa talaba-qizlarimizning kundalik hayotida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, faol va ijobiy kayfiyatda bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Fayzli dasturxonga tortilgan palovning mazasi va ko‘rinishini baholagan ustozlarimizning iliq fikr-mulohazalari qizlarimizga qo‘shimcha ruh va ishonch baxsh etmoqda.