Termiz davlat universiteti "Ingliz tili o`qitish metodikasi" kafedrasi katta o`qituvchisi Mardonova Ra`no Ochildiyevna Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik" ixtisosligidan “Ingliz va o‘zbek tillarida epitetning leksik-semantik hamda leksikografik xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Ra'no Ochildiyevnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!