YASHIL IQTISODIYOT VA MUQOBIL ENERGETIKA — BUGUNNING ENG MUHIM TALABI

Bugungi kunda dunyo miqyosida iqtisodiyot va energetika sohalari shiddat bilan rivojlanmoqda. Masalan, oddiy bir quyosh panelining o‘zi bugun bir xonadonning yillik elektr xarajatlarini ikki barobarga kamaytirishi, chiqindilarni qayta ishlash esa yuzlab yangi ish o‘rinlarini yaratishi mumkin. E’tiborlisi, yashil iqtisodiyotga o‘tish nafaqat tabiatni asrash, balki kundalik hayotimizni yanada qulay, tejamkor va xavfsiz qilishga xizmat qiladi. Demak, zamon talabi sifatida hayotiy ehtiyojlar bizdan yashil iqtisodiyot va yashil energetika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Shu kabi dolzarb masalalardan kelib chiqqan holda, bugun Termiz davlat universitetida bir-birini mantiqan to‘ldiruvchi va umumiy maqsadga qaratilgan ikki yirik tadbir — “O‘zbekistonning janubiy hududlarida muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishning ustuvor masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani hamda “Yashil iqtisodiyot: xalqaro tajribalar, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Har ikki anjumanning yagona maqsad — mamlakatimizda barqaror rivojlanishni ta’minlash, energiya manbalaridan samarali foydalanish va ekologik xavfsiz iqtisodiy tizim yaratishga qaratilgani ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligini yanada yaqqol namoyon etadi. Muqobil energiya manbalari haqidagi respublika anjumani amaliyot, texnologik yondashuvlar va innovatsion ishlanmalarni muhokama qilar ekan, xalqaro konferensiya esa ushbu jarayonlarni dunyo tajribalari, ilmiy yondashuvlar va global tendensiyalar bilan boyitib bormoqda.

TerDU rektori har ikki anjumanda ishtirok etib, sohaning mamlakat taraqqiyoti va jahon rivojlanish trendlarida tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganini alohida qayd etdi. Jumladan, bu muammolarni hal etishda ilm-fan, innovatiya va ilmiy hamkorlikning o‘rni beqiyos ekani, ilmiy muloqot maydonlari faqat nazariy xulosalar berish bilan cheklanmay, hududlar iqtisodiyotiga ham aniq amaliy samara olib kelishi zarurligini ta’kidladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 46

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil