Rektorimiz huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda prorektorlar, boshqarma va bo‘lim mudirlari, shuningdek kun tartibidagi masalalarga mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar yuzasidan axborot tinglandi va tegishli vazifalar belgilab berildi:
Universitetni TOP-1000 talik ro‘yxatiga kiritish hamda xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallash bo‘yicha qilinayotgan ishlar;
- ta’lim sifati va uning eksport salohiyatini oshirish;
- xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
- bitiruvchilar bandligini ta’minlash;
- Termiz tumanidagi o‘quv-tajriba xo‘jaligidagi loyihalarning joriy holati.
Yig‘ilish yakunida yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish maqsadida mutaxassislarni yuborish bo‘yicha topshiriqlar berildi.