TerDU professor-o‘qituvchilari Turkiyaning yetakchi universitetlarida

Ayni kunlarda Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Turkiyaning “Top 1000” reytingiga kirgan yetakchi oliy ta’lim muassasalari — Hacettepe universiteti (QS–641) hamda Anqara universiteti (QS–801)larda xizmat safarida bo‘lib turishibdi.

Tashrif davomida:
Professor-o‘qituvchilarimiz mazkur nufuzli universitetlarning talabalari va professorlari uchun maxsus ma’ruzalar o‘tkazdilar.
Kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar bo‘yicha ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Turkiyalik hamkorlarning boy axborot-resurs platformalaridan foydalanish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.
Oliy ta’lim jarayonini tashkil etishdagi ilg‘or tajribalar, dars jarayonlari va ilmiy muhit bilan yaqindan tanishildi.

Ushbu tashrif natijasida nomoddiy investitsiyalar doirasida qo‘shma ilmiy loyihalarda ishtirok etish, raqamli platformalarda hamkorlikni kengaytirish orqali universitetning ilmiy salohiyati va xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 46

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil