Kuz–qish mavsumida xavfsizlik: TerDUda xonadonbay profilaktika ishlari kuchaytirildi

Kuz–qish mavsumini xavfsiz va betalafot o‘tkazish maqsadida TerDUda xotin-qizlar bo‘yicha inspektor hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari tyutorlar hamrohligida talabalar xonadonlarida profilaktik va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi.

Havo haroratining pasayishi bilan gaz, elektr yoki muqobil yoqilg‘i bilan ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanish ehtiyoji ortib borayotganligi sababli, uchrashuv davomida talabalar va xonadon egalari uchun yong‘in xavfsizligi talablari, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalari, zaharlanishning oldini olish, hamda texnik nosozliklarning oldini olish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar batafsil tushuntirildi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilarga maxsus tayyorlangan eslatmalar va tarqatma materiallar topshirildi. Shuningdek, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur profilaktik uchrashuvlar — kuz–qish mavsumida har bir fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i va osoyishtaligini asrashga xizmat qiladigan muhim qadamdir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 46

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil