“Bir Vatan — Bir El — Bir Bayroq”

Davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan fakultetlarda “Bir Vatan — Bir El — Bir Bayroq” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Sportchi talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan  tadbirda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti harbiy xizmatchilarining vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, Al Xorazmiy, Al Farobiy kabi ajdodlarimizning izdoshlari bo‘lgan talabalar va ularning ustozlari qatnashgan mazkur tadbir ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tantanali tadbir doirasida turli tanlov va musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlar munosib rag‘batlantirildi.

Talabalar nafaqat badiiy chiqishlari orqali bayrog‘imizni tarannum etdilar, balki kimyoviy moddalar orqali bayrog‘imiz tasvirini yaratib o‘z ijodkorliklarini namoyish etdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 46

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil