Buxoro xalqaro hamkorlik va gender tenglikka bag‘ishlangan nufuzli anjuman mezboni

Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyati, “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamda Istanbul tijorat universiteti hamkorligida “Oliy ta’lim tizimida talaba-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va oilaviy hayotga tayyorlash: Gender tenglik, milliy tajriba va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiyada Turkiya davlatidan tashrif buyurgan faxriy mehmonlar, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, shuningdek, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olima ayollar ishtirok etmoqda.

Mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan oliy ta’lim tizimida talaba-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari, gender tenglik bo‘yicha xalqaro tajribalar hamda yangi hamkorlik istiqbollari keng muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, ushbu nufuzli anjumanda Termiz davlat universiteti vakillari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining ilmiy yondashuvlari, tajribasi va tashabbuslarini taqdim etmoqdalar. TerDU delegatsiyasining ishtiroki xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi yangi tashabbuslarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 46

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil