“O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor”

16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida “Ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik” shiori ostida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” nomli konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbirda turli millat vakillari, yoshlar, ijodkorlar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etib, millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va do‘stlik qadriyatlarini tarannum etuvchi badiiy chiqishlar namoyish etdilar.

Sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va raqslar orqali yurtimizdagi tinchlik, ahillik va bag‘rikenglik muhitining yorqin ifodasi aks ettirildi. Ushbu tadbirlar turli millat vakillarining o‘zaro hamjihatligini mustahkamlash, yosh avlodni totuvlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Sana munosabati bilan TerDU O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari “Do‘stlik uyi”ga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ular turli millatlarning madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlari bilan yaqindan tanishib, mamlakatimizda yaratilgan millatlararo totuvlik muhiti haqida boy tasavvurga ega bo‘ldilar.

O‘zbekistonda asrlar davomida shakllanib kelayotgan bag‘rikenglik va totuvlik qadriyatlari yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin egallab, jamiyat barqarorligining mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 46

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil