TerDUda ijara xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.

TerDUda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mas’ulligida tashkil etilgan profilaktik tadbirda dastlab,  fakultet tyutorlariga  xavfsizlik choralariga oid ko‘rsatmalar berildi. Shundan so‘ng ularga biriktirilgan xodimlar fakultetlar kesimida ijara xonadonlarini o‘rganishga chiqishdi.

Tadbir davomida xonadonlarda yong‘in xavfsizligi, is gazidan himoyalanish, elektr va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar o‘tkazildi.

Ushbu sa’y-harakatlar talabalar hayot faoliyatini xavfsiz muhitda tashkil etish, favqulodda holatlarning oldini olish, shuningdek mas’ul xodimlar va tyutorlar o‘rtasida uzviy hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 46

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil