TERDU KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

2025-yil 13-noyabr kuni Termiz davlat universiteti Kengashining navbatdagi 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan professor-o‘qituvchilarga ehtirom ko‘rsatildi.

Shuningdek, A. Toshqulov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasi mazmun-mohiyati haqida fikr yuritib, unda ilgari surilgan g‘oyalarni chuqur o‘rganish va siyosiy bilimlarni boyitib borish zarurligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng Kengash raisi  yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalar xususida to‘xtalib o‘tdi.  “Surxon tongi” va “Termiz universiteti” gazetalarida e’lon qilingan vakant lavozimlar bo‘yicha tanlov natijalarini tasdiqlash. Bu jarayon inson omilisiz shaffof ovoz berish orqali amalga oshirildi unda nomzodlarning o‘zlari ham ishtirok etishdi. 

Kengash yig‘ilishi kun tartibidan o‘rin olgan turli masalalarda Kengash a’zolarining e’tiboriga “Amaliy san’at: badiiy kulolchilik” yo‘nalishidan “Rangtasvir: dastgohli” yo‘nalishiga o‘tgan talabalar uchun fanlar farqini bepul o‘zlashtirishga ruxsat berish;

2026-yil uchun rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari kontingentini belgilash;
• Kontrakt to‘lov muddatini uzaytirish;
• Darslik va o‘quv qo‘llanmalarni nashrga tavsiya etish;
• Akademik litseyda tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarga “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash;
• Innovatsion rivojlanish strategiyasi doirasidagi ayrim loyihalarni moliyalashtirishni bekor qilish; 
shuningdekk, nomli stipendiyalarga nomzod bo‘lgan talabalar ro‘yxati ham a’zolar tasdig‘idan o‘tkazildi.

Yig‘ilish yakunida barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 46

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil