TerDUda talaba qizlar uchun ilmiy seminar-trening tashkil etildi

Termiz davlat universitetida talaba qizlar ishtirokida “Maqola yozish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni to‘g‘ri jurnallarda chop ettirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda TerDU Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi mutaxassisi Tilovov Mirqosim ishtirok etib, talabalarga ilmiy maqola yozish jarayonining muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

✅ Seminar davomida talaba qizlar:
🟢 ilmiy maqola tuzilishi;
🟢 ilmiy uslub talablari;
🟢 maqolalarni to‘g‘ri jurnalga yo‘naltirish tartibi kabi masalalarda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Ushbu seminar-trening talaba qizlarning ilmiy faolligini oshirish, mustaqil fikrlash va izlanishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassis tomonidan batafsil javoblarga ega bo‘ldilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 46

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil