Bugun TerDUda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Toivo Klaar boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.

Samimiy va konstruktiv muloqot davomida universitet rektori Yevropa Ittifoqi bilan ta’lim, ilm-fan va akademik hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator tashabbus va takliflarni ilgari surdi. Jumladan:

Viloyatdagi OTMda nemis va fransuz tillarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish;
Erasmus+ loyihalari doirasida seminarlar tashkil etish hamda Yevropadagi nufuzli OTMlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish;
Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yanada faollashtirish orqali ta’limiy hamkorlikni chuqurlashtirish.

Ma’lumot o‘rnida: so‘nggi yillarda TerDU professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalarining Erasmus+ (PAVER, INTRAS, TRIGGER) loyihalaridagi faolligi ortib, ishtirokchilar soni 200 nafardan oshdi. Hozirgi kunda TerDU 10 dan ortiq Yevropaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalari  yo‘lga qo‘yilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi loyihalar taqdim etildi

  • 2026-08-13
  • 26

Termiz davlat universitetiga qarashli suzish havzasida bo‘lgan viloyat hokimiga universitet rektori mazkur manzilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni taqdim etdi.

Batafsil

Ish beruvchilar fikri – bitiruvchiga xolis baho!

  • 2026-08-13
  • 25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-sonli Farmoni ijrosi doirasida Termiz davlat universitetida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasining o‘tkazilish jarayoni va bugungi holati muhokama qilindi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-08-13
  • 27

Termiz davlat universiteti "Pedagogika va ijtimoiy ishi" kafedrasi o'qituvchisi Narquchqarova Rohila Ziyadullayevna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy unistituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Pedagogika nazariyasi.

Batafsil