TerDUda “Milliy qadriyatlar — millat iftixori” mavzusida keng qamrovli tadbir tashkil etildi

Tadbir doirasida talaba-qizlarimiz milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni keng targ‘ib etish maqsadida o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etdilar.

 Milliy o‘yinlar, shuningdek aql charxi hisoblangan shahmat va shashka musobaqalarida ham faol ishtirok etishdi.

 Milliy liboslar namoyishi hamda pazandachilik yo‘nalishida ham talaba-qizlarimiz o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, turli xil somsa, pishiriq va salatlar tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar. Tadbir davomida “Osh chempionati” ham o‘tkazildi.

Tadbir yakunida kampusda bo‘lib turgan rektorimiz talabalarning tungi vaqtini mazmunli o‘tkazayotgani, shuningdek, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish yo‘lida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Taomilga ko‘ra, turli shartlar bo‘yicha g‘olib va faol ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 76

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 55

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 65

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil