TerDU rektori kampusda bo‘lib, kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi

Bugun Termiz davlat universiteti rektori kampus hududida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab qozonxonalarning ishlash holati, muqobil yoqilg‘i zaxirasi hamda o‘t yoquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng rektor Talabalar turar joyida bo‘lib, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, xonalar tozaligi va qulayligi bilan tanishdi.

Ma’lumot o‘rnida, TerDU kampusida 10 ta o‘quv binosi, 5 ta yordamchi bino va 7 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularning barchasi tabiiy gaz yoqilg‘isida ishlovchi 9 ta qozonxona orqali isitiladi. Shuningdek, 30 tonna ko‘mir zaxirasi ham shakllantirilgan.

Oshxonaning sanitariya-gigiyena holatiga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Rektor talabalar bilan samimiy muloqot qilib, ularning o‘qish, yashash sharoitlari va mutolaa qilayotgan kitoblari bilan qiziqdi. Talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirib, rektorga minnatdorlik izhor etdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 27

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

ILMIY FAOLLIK - UNIVERSITETIMIZ TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI!

  • 2026-09-15
  • 36

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Batafsil

Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

  • 2026-09-14
  • 33

Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil