Odil Axmedov futbol akademiyasi maydonida bo‘lib o‘tgan birinchi liga nimchorak finalida TerDU jamoasi kuchli raqib — Paxtakor futbol akademiyasi ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi!
Uchrashuvning eng hal qiluvchi oni ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda sodir bo‘ldi — jamoamiz himoyachisi Shahzod Bozorov aniq zarbasi bilan darvozani ishg‘ol etdi va jamoamizni yarim finalga olib chiqdi!
Jamoamizni, murabbiylar shtabini va barcha muxlislarimizni ushbu muhim g‘alaba bilan tabriklaymiz!
Keyingi bosqichda ham jamoamizga omad tilaymiz!
