"Biz giyohvandlikka qarshimiz!" — yoshlar sog‘lom hayot tarafdori! 

TerDU Sport faoliyati fakulteti 1-kurs talabalari va "Yosh iste’dodlar" teatr studiyasi a’zolari tomonidan giyohvandlikning oldini olishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. 

Tadbir davomida giyohvand moddalarni iste’mol qilishning inson hayoti va kelajagiga olib keladigan og‘ir oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Talabalar o‘zlarining she’riy chiqishlari va sahna ko‘rinishlari orqali bu illatning ayanchli natijalarini badiiy ifoda etib, sog‘lom turmush tarzining naqadar muhimligini namoyish etdilar.

Ushbu tadbir ishtirokchilar va tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 48

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil