Xorijiy filologiya fakulteti talaba-qizlar uchun ilhomlantiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirga “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti sohibasi, tadbirkor Hakimjonova Sitora mehmon sifatida tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Sitora o‘zining tadbirkorlik yo‘lidagi ilk qadamlari, mehnat jarayonlari, duch kelgan qiyinchiliklar va ulardan chiqargan xulosalari xususida hayotiy misollar asosida so‘zlab berdi.

Shuningdek, talaba-qizlarga quyidagi yo‘nalishlarda muhim tavsiyalar berdi:

Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash;

Maqsad qo‘yish va unga erishish bosqichlari;

O‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash;

Biznes g‘oyani shakllantirish;

Mehmonning ta’kidlashicha:

 “Inson o‘zi istagan yo‘nalishda rivojlanishi uchun matonat, qat’iyat va eng muhimi — o‘ziga bo‘lgan ishonch zarur.”

Uchrashuv talaba-qizlarda o‘z ustida ishlash, tashabbus ko‘rsatish va hayotda aniq maqsad bilan harakat qilishga bo‘lgan ichki motivatsiyani yanada mustahkamladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 48

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil