Bugun TerDUda rektor A.Toshqulov rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim mas’ullari hamda kun tartibidagi masalalarga daxldor mutasaddilar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda avvalo TerDU kampusida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda SPIN OFF loyihalarini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tashabbuslar taqdimoti o‘tkazildi.
Shuningdek, rektor A.Toshqulov kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o‘tkazish, bu borada amalga oshirilgan ishlarni yana bir bor nazoratdan o‘tkazish, shuningdek ijara xonadonlarida yashayotgan talabalar sharoitini o‘rganish va noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.