Termiz davlat universitetida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼullari ishtirokida navbatdagi maxsus taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Ushbu profilaktik tadbir “Kelajak soati” rukni ostidagi “Ma’rifat soati” darsining oliy taʼlim muassasalari uchun ishlab chiqilgan ssenariysi asosida tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulot talabalar va professor-o‘qituvchilarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga, xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga qaratildi.
Unutmang: xavfsizlik — bu qo‘rqish emas, bu ongli yashash va ehtiyot bo‘lish demakdir!