Joriy yilning 1–2-noyabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida dzyudo sport turi bo‘yicha U23 O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Termiz davlat universiteti talabalarining ishtiroki muvaffaqiyatli kechdi.
Universitetimiz iqtidorli sportchilari:
🥉Boynazarov Hasan
🥉Qodirov Arslonbek
🥉Toshpo‘latov Nizomiddinxo‘ja muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin olishdi.

Ularning mehnati, matonati va yuksak natijalari e’tirof etilib, sportchilarimiz O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi!
TerDU jamoasi nomidan faxrli sportchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!