Termiz davlat universiteti "Botanika" kafedrasi o'qituvchisi Uralov Rustam Abduraimovich Botanika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Botanika" ixtisosligidan «Quyi Surxon florasi» mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Rustam Abduraimovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!