"Talabalikka bag‘ishlov" – yangi sahifa, yangi orzular!

Bugun TerDUda  an’anaviy "Talabalikka bag‘ishlov" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda kunduzgi kechki va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan 3000 nafardan ortiq birinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan rektormiz shunday dedi:

“Hayot – bu kitob. Bugun siz bu kitobda yangi sahifa ochdingiz. Bu sahifa “Talabalik” deb nomlanadi.
Uni oddiy qog‘oz deb qaramang — u orzular bilan yoziladi, mehnat bilan to‘ldiriladi, intilish bilan bezatiladi.
Va u sizning kelajagingizga aylanadi. Har biringiz bu sahifada o‘z tarixingizni yozish imkoniga egasiz."

Tadbir davomida har bir talabaning kitob javoniga asos bo‘ladigan kitob ulashildi, muqovasida bitilgan ezgu tilaklar tilga olindi. So‘z olgan talabalar bildirilgan ishonch va yaratilgan imkoniyatlar ularning zimmasiga mas’uliyat yuklayotganini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng, Rektor stipendiyasi sohiblariga sertifikatlar  topshirildi. 

Tantanali marosim universitet orkestri va badiiy jamoalarining konsert dasturi bilan davom etdi. 

Bir so‘z bilan aytganda, bu tadbir talabalar hayotidagi muhim va unutilmas voqelik bo‘lib qoldi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil