Bilim va sport bir yo‘lda! TerDUda yangi tennis korti va fitnes klubi ish boshladi!

Termiz davlat universitetida birvarakayiga ikkita zamonaviy sport majmuasi — xalqaro standartlarga mos tennis korti hamda fitnes klubining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi!

Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda faxriy ustozlar, keng jamoatchilik vakillari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. So‘z olgan A.Toshqulov yangi sport inshootlarining ishga tushirilishi — sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish yo‘lidagi muhim tashabbus ekanligini ta’kidladi.

Faxriylar esa TerDUda amalga oshayotgan bunyodkorlik ishlari, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar eʼtirof etib, ezgu tilaklar bildirdilar. Yangi fitnes klubi ham talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun salomatlikni mustahkamlash, energiya va ijobiy kayfiyat manbai bo‘lishi shubhasiz. 

Ma’lumot o‘rnida: dushanba, chorshanba, juma kunlari — soat 18:00–20:00 da erkaklar, seshanba, payshanba kunlari — soat 17:00–19:00 da ayollar shug‘ullanishlari mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil