Termiz davlat universiteti talabalari Parayengil atletika Oʻzbekiston kubogida yuqori natijalarga erishdilar!

Joriy yilning 19–22 oktabr kunlari Toshkent viloyatining Angren shahrida sportning Parayengil atletika turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi. 

Ushbu musobaqalarda Termiz davlat universiteti Sport faoliyati hamda Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalari faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

Sport faoliyati fakulteti talabalari natijalari:
 • 🥇Doʻsyorov Hasanbek — nayza uloqtirishda 1-oʻrin, yadro itqitishda 3-oʻrin;
 • 🥈Eshmatov Azizbek — 400 metrga yugurishda 2-oʻrin, 100 metrga yugurishda 3-oʻrin;
 • 🥉Panjieva Malika — 400 metrga yugurishda 3-oʻrin.

Oʻzbek filologiyasi fakulteti talabalari natijalari:
 • 🥉Safarova Amina — yadro itqitishda 3-oʻrin, disk uloqtirishda 3-oʻrin;
 • 🥈Eshmoʻminova Aziza — 200 metrga yugurishda 2-oʻrin, 400 metrga yugurishda 3-oʻrin.

✨Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda ham ularga yanada katta zafarlar tilab qolamiz!
 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil