Termiz davlat universitetida “Kelajak soatlari” rukni doirasida navbatdagi “Ma’rifat soati” darslari bo‘lib o‘tdi.

Unda ma’ruzachilar tomonidan “21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” mavzusida ma’ruzalar o‘qildi. 

Darslar davomida davlat tilining milliy qadriyat va ma’naviyatimizdagi o‘rni, ona tilimizning tarixiy taraqqiyot bosqichlari, uning milliy o‘zligimiz va davlat mustaqilligimiz timsoli sifatidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. 

Shuningdek, talabalarga ona tilini ardoqlash, uning nufuzini yuksaltirish hamda har bir sohada to‘g‘ri, chiroyli va ta’sirchan nutq bilan faoliyat yuritishning muhimligi haqida tushunchalar berildi. 

Tadbir davomida talabalar ma’naviy-ma’rifiy muhitda ona tiliga bo‘lgan mehr va hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil