TURKIYADA “MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA TURKISTON JADIDCHILIGI” MAVZUSIDA XALQARO SIMPOZIUM!

Turkiyaning Anqara shahrida Xalqaro TURKSOY tashkiloti hamda Anqara Haji Bayram Vali universiteti tashabbusi bilan buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligi vakillari qatorida Termiz davlat universiteti dotsenti, PhD Nodira Egamqulova ham faol ishtirok etmoqda.

Ushbu xalqaro ilmiy uchrashuvda Turk dunyosining yetakchi jadidshunos olimlari, tarixchilar va ma’naviyat tadqiqotchilari Behbudiy merosi, Turkiston jadidchiligi harakati hamda uning bugungi avlod tafakkuridagi o‘rni haqida ma’ruzalar taqdim etmoqdalar.

Mahmudxo‘ja Behbudiy — millatni uyg‘otgan, fikr va ma’rifat mayog‘idir. Uning g‘oyalari bugungi kunda ham ma’naviy mustaqilligimizning asosiy tayanchlaridan biridir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil