O‘ZBEK TILI — MILLATNING RUHI, VATANNING IZZATI!

Bugun Termiz davlat universiteti talabalari O‘zbek tili bayrami munosabati bilan yurtimiz faxri bo‘lgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgan maydonda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan jo‘shqin tuyg‘ular bilan qaytdilar.

Shu ruhda ular o‘z fakultetlarida “Til — millat ko‘zgusi” shiori ostida adabiy-badiiy kechalar tashkil etdilar.

Uchrashuvlarda ona tilimizning beqiyos go‘zalligi, sofligini asrash barchamizning muqaddas burchimiz ekani haqida ma’ruzalar tinglanib, talaba-yoshlar tomonidan she’r va sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlarga boy ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi.

Ona tili — bu millatning yuragi, uning or-nomusi, ruhiy kuchidir!
Uni asrash, rivojlantirish, avlodlarga sof holda yetkazish esa har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Bugungi tadbirlar nafaqat bayram, balki o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va ma’naviy yuksalish bayrami bo‘ldi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 47

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil