Shinjon delegatsiyasi Termiz davlat universitetida

А.Toshqulov Xitoy Shimoli-g‘arbiy universiteti Madaniy meros maktabi direktori, Shinjon Madaniy meros boshqarmasi direktor o‘rinbosari hamda Shinjon Arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorini qabul qildi. 

Muloqotlarda tomonlar arxeologiya va madaniy meros sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish hamda talabalarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Muhokama jarayonida quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishildi:
Hamkorlikni mustahkamlash — Shinjon Madaniy meros boshqarmasi va Termiz davlat universiteti o‘rtasida ilmiy va o‘quv sohalarida hamkorlik o‘rnatish;

Arxeologiya laboratoriyasini rivojlantirish — mavjud laboratoriyani zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash va kengaytirish;

Raqamli arxeologiya bo‘yicha 3D studiya tashkil etish — arxeologik topilmalar va yodgorliklarning virtual modellarini yaratish, keyingi bosqichda virtual muzey va e-turizm platformasini shakllantirish;

Geoarxeologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlar — atrof-muhit, tuproq va geotadqiqotlar asosida ilmiy baza yaratish hamda mahalliy mutaxassislarni tayyorlash;

Qo‘shma ko‘rgazma zali — Termiz davlat universiteti va Shimoli-g‘arbiy universitet hamkorligida olib borilgan tadqiqot natijalarini namoyish etuvchi ko‘rgazma zali tashkil etish;

Xalqaro arxeologiya maktabi — O‘zbekiston va xorijiy arxeologlar ishtirokida xalqaro seminar va o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 48

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil