Talaba qizlarning yashash sharoitlari o‘rganildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-avgustdagi 4/61-32/21-sonli xati hamda Termiz davlat universiteti rektorining tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida TerDU xotin-qizlar kengashi raisi, xorijiy filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi va tyutorlar tomonidan talaba qizlarning ijara manzillari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarda kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, is gazidan zaharlanishning oldini olish, isitish asboblaridan to‘g‘ri foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalarga maishiy xavfsizlik, sog‘lom turmush tarzi va psixologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Bu kabi o‘rganishlar yoshlarning xavfsizligi, xotin-qizlar o‘rtasida ogohlikni oshirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 38

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 48

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil