Termiz davlat universitetida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xalqaro tajriba va milliy yondashuv” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
Konferensiya ochilish marosimidan so‘ng, yalpi yig‘ilish ma’ruzalariga navbat berildi.
Konferensiya o‘z ishini 4 ta sho‘ba yig‘ilishlarida davom ettirmoqda. Tadbir doirasida ilmiy natijalar almashinuvi, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda yangi tashabbuslarni ilgari surish rejalashtirilgan.