Termiz davlat universiteti talabalari Muhtasham san’at saroyida sahnalashtirilgan “Chorrahadagi odamlar” nomli teatr tomoshasini tomosha qildilar. Ushbu tashrif talabalar uchun unutilmas taassurotlar, estetik zavq va ma’naviy ozuqa manbai bo‘ldi.
Ushbu sahna asarida oila, muhabbat, mehr-oqibat, ishonch va hayotiy qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan aks ettirildi. Talabalar aktyorlarning mahoratli ijrosidan ilhomlanib, teatr san’atining inson ruhiyatiga ijobiy ta’sirini yanada chuqurroq his etdilar.