11-oktyabr - "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich talaba-qizlar koordinatorlari tomonidan yotoqxonadagi qizlar oʻrtasida "Culture Night" tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda liboslar kolleksiyasi hamda oʻzbek xalqining mashhur urf-odatlari sahnada gavdalantirildi.
Shuningdek, tadbir yakunida jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi va talaba-qizlar koordinatorlari rasman tayinlanib ishonchnomalar topshirildi.