Termiz davlat universiteti II liga futbol musobaqalariga mezbonlik qildi.
Bellashuvda Denov tumaninig “Kafolat” jamoasi hamda “TerDU” jamoasi o‘zaro kuch sinashdi.
Murosasiz o‘tgan bahsda “TerDU” jamoasi raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lub etib, g‘alabani qo‘lga kiritdi!
Futbolchilarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi o‘yinlarda ham ularga zafarlar tilaymiz!