“INNOWOMENWEEK-2025”

“INNOWOMENWEEK-2025” — ixtirochi ayollarning innovatsion haftaligi TerDUda!

Termiz davlat universitetida “INNOWOMENWEEK-2025” ixtirochi ayollarning innovatsion haftaligi doirasida olima ayollar ishtirokida ilmiy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shahar hokimligi vakillari, universitet rahbariyati hamda faol olima ayollar qatnashdilar.

Ilmiy-amaliy uchrashuv davomida olimalar o‘z tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalari va ilmiy izlanishlari natijalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ularning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlari yuqori baholandi.

Tadbir yakunida bir guruh olima ayollar ilmiy faoliyatdagi yutuqlari uchun diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, talabalar tomonidan “Mohir qo‘llar” nomli ijodiy ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada talabalarning qo‘l mehnati bilan yaratilgan turli hunarmandchilik va ijodiy ishlar namoyish etilib, mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir ayollarimizning ilm-fan, innovatsiya va ijod sohalaridagi faol ishtirokini yana bir bor namoyon etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 51

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil