Termiz davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tomonidan talabalar o‘rtasida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unining oldini olish yo‘llari hamda halollik va adolat tamoyillarining ahamiyati haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘tgan suhbat va targ‘ibot tadbirlarida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, halollik indeksi tushunchasi va fuqarolik mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi — talabalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik, poklik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlashdan iborat.
Agarda siz universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limining 76-2217710 raqamli Ishonch telefoniga, yoki bo‘limning Korrupsion holatlar bo‘yicha murojaat boti: https://t.me/TerDUantiCorruption_bot elektron platformasi hamda
91-5752001,93-7990101 uyali aloqa telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.