Teatr — madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat maskani

Talaba-yoshlarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan navbatdagi tadbir manzili Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri boʼldi.

Talabalarimiz viloyat qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan “Firibgar” nomli spektaklni tomosha qilishdi.
Unda bugungi kun hayotidagi dolzarb muammolar mahorat bilan yoritildi. Asarda mehnat qilmasdan oson yo‘l bilan boylik orttirishga uringan insonlarning adashishlari, kech bo‘lsa-da to‘g‘ri yo‘lni anglab yetishlari badiiy tarzda ifoda etildi.

Ushbu teatr tomoshasi talabalarda katta taassurot uyg‘otib, ularni hayotda to‘g‘rilik, mehnatsevarlik va halollikka da’vat etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 50

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 39

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 51

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil