TerDU rektori kampusda kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi

Jarayonda qozonxonalar va transformatorlarning mavsumga shayligi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda zarurat tug‘ilganda muqobil energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, rektor mas’ullar hamrohligida kampusdagi umumovqatlanish maskanlarida bo‘lib, talabalarga yaratilgan sharoitlar, taomlarning sifati, ta’mi va hamyonbopligi bilan tanishdi. Talabalar bilan muloqot qilib, oshpaz va tadbirkorlik subyektlariga zarur tavsiyalar va ko‘rsatmalar berdi. 

Mas’ullar qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan obyektlarda ham bo‘lib, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishini ta’kidlashdi. 

 Ma’lumot o‘rnida, TerDU kampusida 10 ta o‘quv binosi, 5 ta yordamchi bino va 7 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularning barchasi tabiiy gaz yoqilg‘isida ishlovchi 9 ta qozonxona orqali isitiladi. Shuningdek, 30 tonna ko‘mir zaxirasi ham shakllantirilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari yangicha formatda boshlandi

  • 2026-10-15
  • 22

Termiz davlat universitetida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari bu yil yangicha formatda — rektorning birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlari shaklida tashkil etilmoqda.

Batafsil

TerDUda xalqaro akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

  • 2026-10-15
  • 27

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari tomonidan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida fakultetlarda

Batafsil

TerDU jamoasi hudud g‘olibi — respublika bosqichi ishtirokchisi!

  • 2026-10-14
  • 20

Termiz davlat universiteti talabalari “Kelajak o‘yinlari” doirasida tashkil etilgan PHYGITAL FOOTBALL respublika sport musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil